Madaniyat vazirligi xorijda konsert qo‘yayotgan o‘zbekistonliklarni hamkorlikka chaqiryapti. Vazir Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, “biz O‘zbekistonning imidjini tiklashga harakat qilayotganimizda, kimdir borib uni sindirishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasmiz”. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu senzura yo taqiq emas.
Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirarkan, sohani qushga qiyosladi va uni mahkam ushlash zarurligini ta’kidladi. “Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”, — dedi u.
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha hozircha xalq muhokamasida, uzil-kesil qaror qabul qilinganicha yo‘q.
Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda. Maqsad — sahnadagi “nojoiz xatti-harakatlar"ning oldini olish. Ariza yig‘imi ham joriy etilishi mumkin.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.
Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani”ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.
PA Madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. U bundan avval Milliy rassomlik va dizayn institutiga ham rektorlik qilgan.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak.
25−30-aprel kunlari Xiva shahrida ikkinchi marotaba “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, hozirgacha 18 ta davlatdan raqs guruhlari festivalda qatnashish istagini bildirgan. G‘oliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Madaniyat vazirligi o‘zining budjet mablag‘lari hisobidan 2024−2025-yillarda The Voice of Uzbekistan (“Ovoz”) teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m ajratadi. Mablag‘ teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari, badiiy rahbar, musiqa direktori va sozandalar uchun gonorar to‘lashga sarflanishi keltirilgan.
Toshkentdagi Artdocfest Asia doirasida Ukrainadagi urush haqidagi “Sharqiy front” filmi namoyishi to‘xtatildi. Keyinroq festival direktori dasturning boshqa namoyishlari ham taqiqlanganini xabar qildi. Madaniyat vazirligi bunga tashkilotchilar belgilangan tartibda ruxsat olmagani sabab bo‘lganini bildirdi.
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.
Madaniyat vazirligi gaz va elektrdan qarzi yo‘q, ma’muriy javobgarlikka tortilmagan “namunali va madaniyatli insonlar”ni aniqlab, ularga ko‘ngilochar tadbirlarga bepul chiptalar sovg‘a qilmoqchi. “Loyiha hali to‘liq ishlab chiqilmagan, buning uchun biroz vaqt kerak”, — dedi vazirlik xodimi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xorijlik xonandalarning O‘zbekistondagi konserti tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishini aytdi. U rossiyalik qo‘shiqchilarning O‘zbekistonda konsert berishi haqida gapirarkan, “ular uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi, shu sabab bo‘sh maydon qidirishga mahkum”, dedi u.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tarmoqlarda nomaqbul harakatlar qilayotgan san’at vakillariga chora ko‘rish haqidagi savolga munosabat bildirdi. U “vazirlik bog‘cha opa emasligi, nazorat qilish demokratik normaga tushmasligi”ni aytdi. “Ularga chora ko‘rsak, liberal taraf mutlaq norozi bo‘ladi”, — dedi u.
Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.
2024-yilda davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga 1,1 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Vazirlik xarajatlari orasida davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish, Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish kabi bandlar mavjud.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avazxon Tadjixanov birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
Adliya vazirligi tizimida ishlab kelayotgan Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Madaniyat vazirligining xabar berishicha, san’atkorlar haqidagi portal to‘y va boshqa tadbirlarni rejalashtirayotgan muxlislarga ijrochilar bilan bevosita aloqada bo‘lishga yordam beradi. Saytda nafaqat 10 ga yaqin san’atkor, balki sohaning boshqa vakillari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi, deydi vazirlik.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting